"The Best-2020" marosimi start oldi! Ilk nominaciya bo'yicha g'olib ma'lum

Eldor Akmurzayev
17 dek 2020
FIFA tomonidan yilning eng yaxshilarini aniqlash marosimi o'tkazilmoqda.

Pandemiya tufayli g'olib onlayn tarzda aniqlanmoqda. Ilk nominaciya – yil darvozaboni uchun kuchli uchlikdan Alisson Beker ("Liverpul"), Manuel Noyer ("Bavariya") va Yan Oblak ("Atletiko") o'rin egallagandi. 

Yakunda esa Noyer g'olib deb topildi. U “Bavariya” bilan joriy yil Bundesliga, Germaniya Kubogi va Superkubogi, YCHL va Yevropa Superkubogida muvaffaqiyat qozondi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia