Tezkor xabar! "Byornli" – "Tottenxem" uchrashuvi qoldirildi

Sherzod Nurmatov
28 noya 2021
Angliya Premer-ligasi 13-turi doirasidagi "Byornli" – "Tottenxem" o'yini kuchli qor yog'ishi tufayli noma'lum muddatga qoldirildi.

Bu haqda London klubi rasmiy twitter'ida xabar berildi.

O'yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da start olishi lozim edi. Bahsning qaysi sanada o'tkazilishi haqida hozircha ma'lumot yo'q.

"Byornli" APL turnir jadvalida 18-o'rinda bormoqda. Shon Daych shogirdlari o'tkazilgan 12 uchrashuvda 9 ochko to'plashdi. "Tottenxem" esa 12 o'yinda 19 ochko to'plagan holda 7-o'rinda ketyapti.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/SpursOfficial

O'xshash yangiliklar