Tez orada O'FA hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
13 iyun 2019, 18:23
O'FA matbuot xizmatining bizga ma'lum qilishicha, tez orada hisobot-saylov konferenciyasi o'tkaziladi.

Unda O'FA birinchi vice-prezidenti lavozimiga nomzod saylanadi. Xabaringiz bor, bugun Umid Ahmadjonov O'FA birinchi vice-prezidentligidan ketish haqida ariza yozgandi.

Hisobot-saylov konferenciyasida dastlab Ahmadjonovning arizasi ko'rib chiqiladi va yangi nomzod delegatlar tomonidan saylanadi. Bu haqda bizga O'FA matbuot xizmati ma'lum qildi.

Nomzodlar borasida O'FA matbuot xizmati axborot bermadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha nomzodlar orasida asosiy da'vogar FIFA hakami Ravshan Ermatov hisoblanadi. Yana bir nomzod sifatida sobiq murabbiy Rustam Abdullaev aytilmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia