Tez orada ishdan bo'shashi kutilayotgan APL murabbiylari (TOP-5)

Sherzod Nurmatov
28 okt 2025
"Football365" portali yaqin orada ishdan bo'shatilishi mumkin bo'lgan Premer-liga klublari murabbiylari reytingini tuzdi.

"Liverpul" ustozi Arne Slot top-5 davogarlar qatoriga kirdi.

"Vulverxempton"ga boshchilik qilayotgan Vitor Pereyra (20) 9 o'yindan so'ng atigi 2 ochko bilan to'plab, bu borada peshqadam hisoblanadi.

Ikkinchi o'rinda Nunu Eshpiritu Santu (19) va uchinchi o'rinda  "Nottingem Forest"dan Shon Daych o'rin oldi.

"Lids"dan Daniel Farke jamoasi quyi ligaga tushib ketish zonasidan olti ochko yuqorida bo'lishiga qaramay, to'rtinchi pog'onada. "Fulxem" murabbiyi Markus Silva va APLda ketma-ket 4 ta o'yinda imkoniyatni boy bergan "qizillar" bosh murabbiyi Arne Slot beshinchi o'rinni bo'lishib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Football365