Teves Ronaldu va Messini o'zga sayyoralikka qiyosladi

Mirjalol Normatov
30 yanv 2022
Argentina termasining sobiq forvardi Karlos Teves Krishtianu Ronaldu hamda Leo Messi haqida gapirdi.

"Ronaldu va Messi - ikki buyuk futbolchi. Menga ularning ikkisidan ham o'rganishni istaydiganlar yoqadi. Ular o'zga sayyoralik. Ronaldu bilan kunim o'tgan, Messi bilan termada o'ynaganman. Ular hali ham top-darajada, haligacha yuqori jismoniy holatini ushlab turishibdi. Buni maqtasa arziydi. Ularning oldida bosh kiyimni echish kerak", - dedi Teves.

Eslatib o'tamiz, Teves "Manchester Yunayted"da Krishtianu Ronaldu bilan, termada esa Leo Messi bilan o'ynagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal