Terri "Guanchjou Evergrand"ga o'tsa, yiliga 8 million funt oladi

Tolibjon Qosimov
3 noya 2016
"Guanchjou Evergrand" keyingi yil yozda "Chelsi" himoyachisi Jon Terrini taklif qilmoqchi.
Jon ushbu mavsum oxirida erkin agentga aylanishi mumkin. "Daily Mail"ning ma'lumotiga ko'ra, Xitoy klubi 35 yoshli inglizga yiliga 8 million funt to'lashga tayyor.

Terri Luis Felipe Skolari boshqarib borayotgan "Guanchjou Evergrand"ning elchisi hisoblanadi.

Joriy mavsumda Terri Angliya chempionatida londonliklar uchun 4 o'yin o'tkazdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Daily Mail