Terri Anri: "Arsenal" ushbu mavsumda chempion bo'lishi kerak"

Mirjalol Normatov
19 dek 2025, 21:37
"Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri APL chempionligi uchun kurash haqida gapirdi.

Ayni damda "Arsenal" APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

"Jarohatlar, zich taqvim - keling, bu haqda gapirmaylik. Barchaning o'z muammolari bor. Mavsum boshidan buyon bildirayotgan fikrimda qolaman - "Arsenal" chempion bo'lishi kerak. Bu ushbu mavsumda amalga oshishi shart. Ishonaman, bu aynan shu mavsumda amalga oshadi. Mavsum davomida, albatta, jamoa bir qancha muammolarga duch keladi: jarohatlar, o'yinlarning o'xshamasligi, rejalar doim ham amalga oshmasligi... Bundan ham o'tishni bilish kerak", - dedi Anri.

"Arsenal" so'nggi chempionligini 2004 yilda qo'lga kiritgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal