Terma jamoamizning yana bir yetakchisiga Turkiyaning TOP klubi qiziqish bildirmoqda

Khoja
31 mar 2025
Persipolis yarim himoyachisi Oston O'runov yana Yevropaga qaytishi mumkin.

Unga Turkiyaning Beshiktosh klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Eronning Spor Tazan nashri xabar berdi.

Persepolisning yosh yulduzi Oston O'runov Beshiktosh e'tiborini tortdi. Agar uning jarohati bilan bog'liq muammo davom etmasa, ular albatta Persepolisga taklifi bilan chiqishadi. Biroq ushbu transferga eronliklarning murabbiyi Ismoil Kartal asosiy to'siq bo'lishi mumkin. Chunki Persepolis bosh murabbiyi jamoa yetakchisidan ayrilishni istamayapti, - deyilgan Spor Tazan bergan xabarda.


KhojaMuallif
Manba: Spor Tazan