Ter Shtegenning qishda "Barselona"dan kyetishi inkor qilinmayapti

Mirjalol Normatov
18 okt 2025
Mark-Andre ter Shtegen qishda "Barselona"dan kyetishi mumkin.

Florian Plettenbergning ma'lumotiga ko'ra, klubdagilar uning qishda kyetishiga qarshilik qilmaydi. Biroq posbonning o'zi hali bir qarorga kelmagan.

Agarda "Barselona"da qolib, zaxirada o'tirib qolsa, 34 yoshga kiradigan posbon JCH-2026ni o'tkazib yuborish xavfi ostida turibdi.

Ayni damda ter-Shtegen jarohatini davolash bilan band va u ushbu mavsumda o'yinlarda qatnashganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal