Ten Xagning o'rniga MYUni boshqarish uchun asosiy nomzod ma'lum

Khoja
8 okt 2024
"Manchester Yunayted" rahbariyati Erik ten Xagning o'rniga yangi bosh murabbiy izlashni boshlab yuborgan.

"Qizil iblislar"ni boshqarish uchun asosiy nomzod - Tomas Tuxel nomi ko'rsatilmoqda. Bugun MYU rahbariyati ten Xag kelajagi borasida so'nggi qarorni qabul qilishlari haqida xabarlar tarqalgan.

Eslatib o'tamiz, Tomas Tuxelning so'nggi ish joyi "Bavariya" hisoblanadi. U nemis klubini o'tgan yozda tark etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com