Ten Xag tanqidlar haqida: "Ularning bazilari - yaxshi maslahatlar, ammo men hammasini o'qimayman"

Aslanov Jasurbek
28 sen 2024
Erik Ten Xag tanqidlarga qanday munosabat bildirishi haqida gapirib berdi.

"Birinchi navbatda tanqidni hurmat qilish kerak. U etarlicha.

Bosh murabbiy bo'lib ishlasangiz tanqidlar bo'lishi tabiiy, ammo ularning har biriga e'tibor bera olmayman. To'g'risi, hammasini o'qimayman.

Men ularning bazilarini bilsam bas va shularning orasidan bir nechtasi - yaxshi maslahatlar.

Ammo men uchun eng asosiysi - jamoaning holatini ko'rish va qaysi nuqtalarni kuchaytirish kerakligini bilish" - dedi MYU ustozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Irvine Times