Ten Xag MYUda ishlashi haqidagi mish-mishlarga javob qaytardi

Eldor Akmurzayev
22 noya 2021
“Manchester Yunayted” Ole-Gunnar Sulsherni iste'foga chiqardi.

Jamoani boshqarish uchun asosiy nomzodlar qatorida “Ayaks” ustozi Erik ten Xag ham bor.

“E'tiborimni “Ayaks”ga qaratganman. Qolgani esa meni shunchaki ishdan chalg'itadi. “Manchester Yunayted”ni boshqarish? Bu g'alati savol. Bu haqda hech narsa eshitmadim, shu tufayli buni o'ylay olmayman.

Qaytaraman, hech narsani bilmayman, bu mavzu to'g'risida tashvishlanishga hojat yo'q”, deydi amsterdamliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, niderlandiyalik mutaxassis 2017 yildan beri “Ayaks” bosh murabbiyi sifatida ishlab kelmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano