Ten Xag APL ilk turida Ronalduni asosiy tarkibda tushirmoqchi emas

Eldor Akmurzayev
3 avg 2022
“Manchester Yunayted” ustozi Erik ten Xag Krishtianu Ronalduni zaxira futbolchisi sifatida ko'rmoqda.

“The Sun” manbasiga ko'ra, Ronaldu Angliya chempionati 2022/23 yilgi mavsum 1-turidan o'rin olgan “Brayton”ga qarshi bahsni aniq asosiy tarkibda boshlamaydi.

Niderlandiyalik mutaxassis jamoaning asosiy hujum uchligini aniqlab oldi. Bular: Marsyal, Sancho va Reshford. Ular mavsumoldi tayyorgarlikni ko'tarinki kayfiyatda o'tkazishdi.

Avvalroq, 37 yoshli portugaliyalik “Brayton”ga qarshi bahsga qadar jamoadan ketmoqchiligi aytilgandi.

Eslatib o'tamiz, mavsum startidan o'rin olgan uchrashuv 7 avgust kuni 18:00 da boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sun