

"Bunyodkor" va "Lokomotiv" futbolchilari OCHL 3-tur o'yinidan keyin safga qo'shiladilar. Olgan ma'lumotlarimizga ko'ra Temurxo'ja Abduxoliqov MTJ yig'inida ishtirok etib, Suriya bilan o'yinga tayyorgarlik ko'radi. Tarkib hali ma'lum qilinmagan. Temurxo'jadan tashqari Qatardan Sardor Rashidov va Sanjar Tursunov ham Toshkentga uchib kelganlar. Tursunov Suriya va Qatar bilan uchrashuvda ishtirok etuvchi futbolchilar orasida bor yo'qligi haqida ma'lumot mavjud emas.



