Temurxo'ja Abduxoliqov "Lokomotiv" bilan shartnomasini uzaytirdi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2015
Toshkentning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov klubdagi faoliyatini davom ettiradi.

Hujumchining klub bilan tuzgan shartnomasi dekabr oyi so'nggida o'z nihoyasiga etishi kerak edi. Ammo tomonlar kelishuvni uzaytirishga qaror qilishdi.

Abduxoliqov bu mavsumda oliy ligada 21ta o'yinda maydonga tushib raqiblar darvozasiga 8ta gol urishga erishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia