Temurxo'ja Abduxoliqov Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubi a'zosiga aylandi

Narzulla Saydullayev
21 avg 2020, 21:06
Superliganing 11-turida "Lokomotiv" "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Ushbu bahsda "temiryo'lchilar" safida yagona golni Temurxo'ja Abduxoliqov raqib darvozasiga urdi. Shunday qilib Abduxoliqov Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga a'zo bo'ldi.

Ma'lumki, Gennadiy Krasnickiy nomidagi to'purarlar klubiga a'zo bo'lish uchun futbolchi O'zbekiston chempionati, O'zbekiston Kubogi, klublar tarkibidagi xalqaro rasmiy o'yinlar hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida 100ta gol urishi kerak.

Bugungi goldan so'ng Abduxoliqovning O'zbekiston chempionatidagi gollari soni 71taga etdi. U O'zbekiston kubogida 14ta, Osiyo chempionlar ligasida 13ta, O'zbekiston terma jamoasida 2ta gol urishga erishgan.




Yana bitta gol va Temurxo'ja yubilyar        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia