

Manbaning xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Enfild"dagi dastlabki o'yinda maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Tchuamenining Ispaniya chempionati doirasidagi "Osasuna"ga qarshi safar o'yinida yordam berolmasligi ma'lum bo'lgandi. Futbolchi grippga chalingan va unga davolanish uchun dam beriladi.
Tchuameni yozda “Monako”dan 80 million evro evaziga “Real”ga o'tgandi. Yarim himoyachi allaqachon Karlo Anchelotti jamoasida boshlang'ich tarkib o'yinchisiga aylanib ulgurdi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Orelen ikkita golli uzatmasi amalga oshirdi.



