T.Azar bir necha haftani o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
23 dek 2020
“Borussiya D” yarim himoyachisi Torgan Azar mushaklarini shikastlab olgan.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, u bir necha haftani davolanishda o'tkazadi. Futbolchi Germaniya Kubogi 1/16 bosqichi doirasida o'tgan “Ayntraxt”ga (2:0) qarshi o'yinda jarohat olgandi.

27 yoshli belgiyalik joriy mavsum dortmunliklar safida 12 o'yinda qatnashib, 3+3 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/BlackYellow