Taxminiy EVRO-2016. Ashurmatovga qoyil, Shomurodov g'olib!

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2016
2016 yilgi Yevropa chempionati bahslariga atab "Taxminiy EVRO-2016" loyihasini ishga tushirgandik.

Biz ushbu musobaqani yanada qiziqarliroq qilish maqsadida 11 nafar futbolchi o'rtasida taxminiy Evro-2016 loyihasini ishga tushirishga qaror qildik.

O'zbekistonlik 11 nafar futbolchi har bir uchrashuvga o'zining taxminiy hisobini beradi. Ballar quyidagi tartibda baholanadi:
Aniq topilgan hisob - 3 ball
Aniq topilgan to'plar farqi - 2 ball
G'olib jamoa topilgan - 1 ball

Kechagi final uchrashuvida Portugaliya g'olib bo'lishini faqatgina Rustamjon Ashurmatov to'g'ri topdi. Musobaqa davomida eng ko'p ballni esa Eldor Shomurodov to'plab "taxminiy Evro" g'olibiga aylandi.


Final o'yini uchun taxminlar: 

FutbolchiPortugaliya - Fransiya
Ikrom Aliboev0:2 (Grizmann, Paye)
Rustamjon Ashurmatov       2:1 (Ronaldu, Nani - Jiru)
Akromjon Komilov0:2
Javohir Sidiqov1:2 (Ronaldu - Grizmann, Paye)
Doston Tursunov1:2 (Nani - Jiru, Grizmann)
Zabihillo O'rinboev1:3 (Joau Mariu - Paye, Jiru, Pogba)
Dostonbek Hamdamov1:2 (Nani - Pogba, Jiru)
Dilshod Hamroev1:2 (Ronaldu - Grizmann, Jiru)
Eldor Shomurodov0:0
Otabek Shukurov0:1 (Grizmann)
Sarvar Karimov0:3 (Pogba, Grizmann, Paye)
 

Bugungi kundagi vaziyat

Eldor Shomurodov  46
Zabihillo O'rinboev             43
Javohir Sidiqov  42
Dostonbek Hamdamov  40
Doston Tursunov 40      
Otabek Shukurov39
Rustamjon Ashurmatov  39
Dilshod Hamroev  36
Ikrom Aliboev 29
Sarvar Karimov29
Akromjon Komilov28

O'quvchilar ham o'z taxminlarini yozishlari va futbolchilar bilan bellashishlari mumkin bo'ldi. Islom Karimov 96, fanat Ronaldo, Boburjon, Sneyder robben, Tristan_88 nikdagi o'quvchilarimiz Portugaliyaning g'alabasini taxmin qilishgan. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia