Tatuirovkasi bor futbolchilarga terma jamoada joy yo'q

Xayrulla Xoliqov
20 mar 2019
Eron futbol federatsiyasi milliy terma jamoa futbolchilari borasida qaror chiqardi.

Gap shundaki, bundan buyon tatuirovkasi bor futbolchilar terma jamoaga chaqirilmaydi. Federatsiya yoshlar futbolchilardan yaxshi o'rnak olsin degan maqsadda shunday qarorga keldi. Eron FF etika qo'mitasi bu haqda futbolchilarni ogohlantirdi. 

To'g'ri, hozir ayrim futbolchilarda tatuirovka bor. Masalan, Ashkan Dejaga bilan Sardor Azmunda. Ular nima qiladi? Gap shundaki, ular maydonga chiqqanda doim uzun futbolka kiyib yurishlari kerak. Shunda qo'ldagi yozuv va suratlar ko'rinmaydi. Eron futbol federatsiyasi tatuirovka G'arbdan kirib kelgan deb hisoblamoqda va tananing har qanday qismiga surat chizdirish musulmonchilik odatlariga to'g'ri kelmaydi. 

Bu haqda federatsiya rasmiy vakili shunday dedi: "Inson tanasiga tatuirovka chizdirish Eron urf-odatlariga to'g'ri kelmaydi va bu jamiyatimiz zarariga xizmat qiladi".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com