Tashkilotni keskin tanqid qilgan Marselo Belsaga KONMEBOL tomonidan ish ochildi

Administrator
18 iyul 2024
Kopa Amerikaning tashkilotchilik masalasi bo'yicha Urugvay terma jamoasi ustozi norozilik bildirgandi.

Janubiy Amerika Futbol Konfederatsiyasi (KONMEBOL) Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Marselo Belsaga qarshi ish ochishga qaror qildi. Bunga Belsaning Kopa Amerika tashkilotchilarining (KONMEBOL va AQSHdagi tegishli shaxslar) manziliga yo'llagan tanqidlari sabab bo'ldi. 

Urugvay va Kanada termalari o'rtasidagi Kopa Amerika bronza medali uchun bo'lgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida Belsa musobaqa o'tkazilgan maydonlar va mashg'ulot bazalarini tanqid qilgandi. Shuningdek, bosh murabbiy Kolumbiyaga qarshi o'yinda urugvaylik futbolchilarning oilalarini himoya qila olmagani uchun musobaqa tashkilotchilarini qoralab chiqqandi.

Belsa: "Biz AQSHdamiz - xavfsizlik mamlakatida. Qanday qilib ona, singil va farzandni himoya qilmaslik mumkin?"  

"Futbol jozibasini yo'qotib boryapti"


AdministratorMuallif
Manba: TyC Sports