Tashkiliy qo'mita Osiyo Kubogiga doir masalalarni ko'rib chiqdi

Xayrulla Xoliqov
27 noya 2017, 15:09
OFK musobaqalarni tashkil etish qo'mitasi Tailand poytaxti Bangkokda yig'ilib, 2019 yilda bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogiga doir bazi masalalarni ko'rib chiqdi.

Ma'lumki, ushbu musobaqa 2019 yilning 5 yanvaridan 1 fevraliga qadar BAAda o'tkaziladi. Mazkur musobaqada birinchi bor ishtirokchilar soni kengaytirilib, turnirda 24ta jamoa qatnashadi. Mutaxassislarning taxminicha, navbatdagi Osiyo Kubogi tarixdagi eng esda qolarli musobaqalardan biri bo'ladi.

Tashkiliy qo'mita raisi Saud Al Muhammad yig'ilish davomida jamoalar soni 16tadan 24taga oshirilganidan mamnun ekanligini aytib o'tdi, shuningdek musobaqani yuqori saviyada o'tkazish uchun barcha kerakli choralar qo'llanilishini qo'shimcha qildi. OFK rasmiy saytining ma'lum qilishicha, 2018 yil 27 aprel sanasida Osiyo Kubogi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com