Tartib-intizom qo'mitasi O'zbekiston hamda Eron termasi futbolchilarini jazoladi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2018
Ayni kunlarda Toshkent shahrida CAFA ayollar o'rtasidagi musobaqa davom etayotgani haqida ma'lumot berilgan edi.

27 noyabr kuni ushbu musobaqada 3-tur uchrashuvlari o'tkazildi. Ushbu turda O'zbekiston hamda Eron milliy terma jamoalari o'zaro maydonga tushishdi va uchrashuvda O'zbekiston termasi raqibini 2:1 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuv yakunida esa, har ikki terma jamoa a'zolari o'rtasida ziddiyatli vaziyat yuzaga kelgan.

Ushbu musobaqa Tartib-intizom qo'mitasi uchrashuv videotasmasini ko'rib vaziyatni o'rganib chiqdi hamda har ikkala terma jamoadan bir nafar futbolchini jazoladi. Jumladan, O'zbekiston terma jamoasining 14-raqamli futbolchisi Rushaniya Safina hamda Eron termasining 9-raqamdagi futbolchisi Zahro Gambari musobaqaning 1-ta uchrashuvga diskvalifikaciya qilinishdi.

Shuningdek, ikki terma jamoa murabbiylar shtabi futbolchilarning tartib va intizomi bo'yicha musobaqa tartib-intizom qo'mitasi tomonidan ogohlantirildi.

Eslatib o'tamiz, musobaqaning navbatdagi turida O'zbekiston milliy terma jamoasi Qirg'iziston bilan, Eron terma jamoasi esa Tojikiston termasi bilan o'zaro bahs olib boradi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz