Tarixiy imkoniyat: O'zbekiston Osiyo Kubogi mezbonligi uchun davogar!

Aslanov Jasurbek
4 fev 2026
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) 2031 va 2035 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligi uchun arizalarni qabul qilish jarayoni yakunlanganini e'lon qildi.

Eng quvonarlisi, O'zbekiston ilk bor ushbu nufuzli musobaqani qabul qilish uchun rasman davogarlik qilmoqda.

OFK prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifaning tashabbusi bilan 2031 va 2035 yilgi qita birinchiliklari mezbonlari bir vaqtda aniqlanadigan bo'ldi.


Osiyo Kubogi - 2031 mezbonligi uchun nomzodlar:

Avstraliya

Hindiston

Indoneziya

Janubiy Koreya

Quvayt

Qo'shma ariza: O'zbekiston, Tojikiston va Qirg'iziston

BAA futbol associaciyasi so'nggi pallada o'z nomzodini qaytarib olgan.

Osiyo Kubogi - 2035 mezbonligi uchun nomzodlar: Shuningdek, 2035 yilgi musobaqa uchun Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Quvayt kabi davlatlar alohida qiziqish bildirishgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia