Tarixda ilk bor Pro liga bahsida VAR ishlaydi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2023
Joriy mavsumdan e'tiboran tarixda ilk bor - O'zbekiston Pro ligasi bahsida VAR texnologiyasi ishlaydi.

O'zbekiston futbol hakamlari markazining say-harakatlari natijasida O'zPFL bilan hamkorlikda ushbu musobaqaning 20-turidan o'rin olgan markaziy, Superliga yo'llanmasi uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan “Qo'qon-1912” – “Dinamo” bahsida video assistentlar xizmatidan foydalaniladi.

Shuningdek, kelasi mavsumdan boshlab VAR Pro liganing har bir turida, imkon qadar ko'proq uchrashuvlarda ishlashi reja qilingan", - deb yozadi O'zbekiston futbol hakamlar markazi matbuot xizmati.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ЎзФҲМ матбуот хизмати