Tarix takrorlanadi: "Napoli" "Yuventus"ga qarshi o'yinga bora olmasligi mumkin

Оқил Абдубарноев
5 yanv 2022, 22:10
Jamoada koronavirus infekciyasi bilan kasallanish holatlari ko'paygani sababli "Napoli" Italiya chempionatining "Yuventus"ga qarshi o'yinida Turinga tashrif buyurishdan mahrum bo'lish ehtimoli yuqori.

Shu tariqa, Italiyada 2020 yilning oktyabr oyida sodir bo'lgan voqea takrorlanishi mumkin. O'shanda mahalliy sog'liqni saqlash idoralari "Napoli"ga Turinga borishni taqiqlagan. A Seriya esa uchrashuvni qoldirishdan bosh tortdi va "Yuventus"ga avtomik 3:0 hisobida texnik g'alaba yozilgandi. Keyinchalik neapolliklar apellyaciyada yutib chiqishdi va natija bekor qilinib, o'yin qayta o'tkazildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia