Taniqli jurnalist "Arsenal"ning asosiy muammosini aytib o'tdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024, 18:57
Pirs Morganning fikricha, "kanonirlar"ga hujumchi kerak.

Taniqli jurnalist Pirs Morgan Birmingemning "Aston Villa" jamoasidan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Londonning "Arsenal" jamoasi asosiy muammosi haqida gapirdi.



"Arsenal"da yaxshi hujumchi yo'qligi yana muammoga aylandi. Birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlar bo'ldi, ammo hech biridan foydalana olishmadi. Agar Uotkins bizda ("Arsenal"da" – tahr.) o'ynaganida 3:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lardik. O'ylaymanki, Krishtianu o'zining fidoyiligi bilan bir mavsumda jamoamiz uchun 25 dan ortiq gol urgan bo'lardi. Artetaning top-hujumchi ustunlik berishdan bosh tortgani – uning asosiy muammosi", – deb yozdi Morgan.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" uchrashuvning so'nggi daqiqalarida ikkita gol o'tkazib yuborib, "Astno Villa"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail