Taliska tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazmoqda

Оқил Абдубарноев
9 iyul 2024
Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubi Portugaliyada yangi mavsumga tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshladi.

Jarayonda jamoaning o'tgan mavsumdagi to'purarlaridan biri Anderson Taliska ham ishtirok etmoqda. Hozircha u fitnes mashg'ulotlarida qatnashmoqda.

Eslatib o'tamiz, hujumchi mart oyida mushaklaridagi jarohat tufayli uzoq muddatga safdan chiqqandi.

Mashg'ulotlarda yana bir qancha legionerlar ishtirok etishmoqda. Yevropa chempionatida ishtirok etayotgan futbolchilarga esa maxsus tatil beriladi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ар Риёдия