Tajribali murabbiy Gennadiy Kochnev - "Neftgazmontaj" klubida ish boshladi

Aslanov Jasurbek
18 may 2021
O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan Birinchi liga ishtirokchisi "Neftgazmontaj" klub tizimida o'zgarishga qo'l urdi.

Faoliyati davomida "Buxoro","Nurafshon","Sho'rtan",  "Surxon" jamoalarida turli lavozimlarda mehnat qilgan tajribali murabbiy Genaddiy Kochnev "Neftgazmontaj" klubida sport direktori sifatida ish boshladi. Eslatib o'tamiz murabbiyning so'nnggi ish joyi "Surxon" bo'lgandi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: "Нефтгазмонтаж" матбуот хизмати