Tailand chempionatida to'p tepadigan Sardor Mirzaev faoliyati haqida

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 12:00
Xabaringiz bor, ertaga Osiyo Kubogi-2023 hal qiluvchi saralash bosqichi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Tailand uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Guruhidagi asosiy raqibimizning mahalliy chempionatida "Neftchi" va "Lokomotiv" klublarining sobiq futbolchisi Sardor Mirzaev to'p tepadi. Mirzaev 2020 yildan buyon "Muangtong Yunayted" klubida 10-raqamli libosda harakat qiladi. O'zbekistonlik yarim himoyachi hozirgacha klub safida 53 uchrashuvda maydonga tushib, 23 gol muallifiga aylangan. Shuningdek, u 2020/21 yilgi mavsumda klubning eng yaxshi to'purariga aylandi (13 ta gol). Jamoa Tailand chempionatida o'sha yili ettinchi, o'tgan mavsum esa 4-o'rinni egalladi. Klubda jami 5 nafar ligeoner, shu jumladan, ikki nafar braziliyalik futbolchi mavjud. "Muangtong Yunayted"ga 2020 yildan beri makedoniyalik Mario Gjurovoski murabbiylik qilib kelmoqda.

"Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi, Ryudigerning do'sti, Shomurodovning muxlisi. Osiyo Kubogi saralashida O'zbekiston bilan kim to'qnash keladi?


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia