Tabares: "Xames Rodriges - JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi"

Narzulla Saydullayev
29 iyun 2014, 15:44
Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares Kolumbiyadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Xames Rodrigesni JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi deb atadi.
"Xamesni ancha yaxshi bilaman, lekin o'yinlarini jonli ko'rmagandim. U Argentinaga 17 yoshida kelgan va o'zini ko'rsatgandi.

Maradona, Messi, Suares kabi qobiliyatli futbolchilarda barchasi o'xshayveradi. Ularga tajriba kerak emas, ularda tug'ma istedod bor. Hozirgacha bo'lgan o'yinlar bo'yicha Rodriges - JCH-2014ning eng yaxshi futbolchisi. Men oshirib yuborayotganim yo'q".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru