Suyunov va Gadoev "Nasaf" ixtiyoriga qaytishdi

Narzulla Saydullayev
16 avg 2013
Milliy terma jamoamizning uch kunlik yig'iniga taklif etilgan “Nasaf” a'zolari darvozabon Eldorbek Suyunov va Shohruh Gadoev kecha Qarshiga qaytib kelishdi.
Takidlash joizki, qarshilik yosh posbon  ilk marotaba milliy terma jamoadan chaqiruv oldi.

Bugun ertalab “Nasaf” futbolchilari to'liq tarkibda Qarshidan Samarqandga jo'nab ketishdi va shahar markazidagi “Prezident” mehmonxonasiga joylashishdi. Bugun futbolchilarimiz “Dinamo” stadionida mashg'ulotlarni o'tkazishadi.

Eslatib o'tamiz, 16-turdan o'rin olgan “Dinamo” – “Nasaf” uchrashuvi ertaga 17 avgust kuni soat 17:30 da “Dinamo” stadionida boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcnasaf.uz