"Surxon"ni ko'plab futbolchilar tark etdi. Jamoa 2021 yilda mahalliy va yosh iqtidorli o'yinchilar xizmatidan foydalanadi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2020
Ortda qolgan mavsumda "Surxon" jamoasi tarkibida bir qator tajribali futbolchilar to'p tepdi.

Lekin shunday bo'lsada 2020 yilda "Surxon" jamoasi qoniqarsiz natijalar qayd etdi va Superligada 12-o'rinni egalladi.

"Surxon" jamoasi o'tgan mavsumda jamoa tarikbida to'p surgan Abduqaxxor Xojiakbarov, Asilbek Amanov, A'zam Aliev, Jaxongir Mexmanov va yana bir qator futbolchilar xizmatidan voz kechdi. O'z o'rnida, ushbu futbolchilarning keyingi faoliyatida omadlar tilab qoladi.

Kelayotgan mavsumda esa "Surxon" jamoasi bor e'tiborini surxondaryolik mahalliy va yosh iqtidorli futbolchilarga qaratadi. Nuriddin Hasanov, Bexruz Shaydulov, O'ral Choriev, Davron Merganov, Kamoliddin Ashurov, Shaxzod Tairov va Muhammad-ali Abduraxmonovning "Surxon" jamoasi bilan amaldagi shartnomasi mavjud. Bundan tashqari katta murabbiy Bahrom Haydarov, murabbiylar Vladimir Andreev va Ikromjon Ibragimov bir qator futbolchilar bilan selekciya ishlarini olib bormoqda.

Yaqin kunlarda jamoaning yangi bosh murabbiyi ham e'lon qilinadi.

Surxondaryolik tajribali futbolchi Rahmatullo Berdimurodov bu mavsumda "Surxon" jamoasi murabbiylar shtabidan o'rin oladi", - deb yozadi "Surxon" matbuot xizmati. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia