“Surxon”ni kelayotgan mavsumda Asad Do'rmonov boshqarishi mumkin

Surxondaryo viloyatining Birinchi ligadagi yagona ishtirokchisi “Surxon”ni bu ligada ham ishlari yurishmayapdi.
Har yili kuchli sakkizlikka kira olmay qolib ketayotgan viloyatning bosh jamoasi endi murabbiylar shtabidan boshlab jamoani kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Olingan xabarlarga ko'ra Birinchi ligaga o'ta olmagan bo'lsa ham “Surxon” kelayotgan mavsumda ushbu ligada ishtirok etadi va jamoani endi ko'pchilikka tanish bo'lgan “Neftchi” klubining sobiq futbolchisi va murabbiyi Asad Do'rmonov boshqarib boradi. Bu ma'lumot hali o'z tasdig'ini topmagan bo'lsada yaqin kunlar ichida tasdiqlanadi.

Manba: championat.asia