“Surxon” Sobir Hamidovga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
7 mar 2018
Bu yil o'z oldiga yuqori maqsadlarini vazifa qilib qo'yayotgan termizliklar tarkibni ham shunga monand kuchaytirishga urinmoqda.

Dilshod Nuraliev boshqaruvidagi “Surxon” yaqinda Toshkentdagi dastlabki yig'inni yakunladi. Murabbiylar shtabi hozirda selekciya ishlarini bir zumga ham to'xtatayotgani yo'q. Aytishlaricha “Surxon” jamoasi tajribali Sobir Hamidovga taklif bilan chiqqan. O'tgan mavsumni avvaliga “Qo'qon-1912” va keyinchalik “Andijon”da o'tkazgan 32 yoshli futbolchi bu yil qishki yig'inni qo'qonliklar bilan o'tkazgandi. Lekin tarkibda yuzaga kelgan raqobat tufayli Hamidov jamoa bilan xayrlashishga qaror qilgan.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia