"Surxon" liberiyalik futbolchini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
16 fev 2023
Termiz klubi tarkibiga navbatdagi legioner jalb etildi.

Gap liberiyalik hujumchi Silvanus Nimeli haqida bormoqda. Bizga ma'lum bo'lishicha, o'tgan mavsum Xorvatiyaning "Solin" jamoasida o'ynagan futbolchi faoliyatini "Surxon"da davom ettiradi.

Nimeli faoliyati mobaynida Chexiyaning "Karvina", Rossiyaning "Spartak" va "Spartak-2", Xorvatiyaning "Gorica" va "Solin", Finlyandiyaning "Ilves" jamoasi sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Liberiya terma jamoasi libosida 12 ta o'yinda harakat qilishga ulgurgan.

24 yoshli Nimeli o'tgan mavsum Xorvatiya Ikkinchi ligasi va Xorvatiya Kubogida 18 ta o'yinda qatnashib, 6 ta to'p kiritgan va 1 ta golga assistentlik qilgan. Transfermarkt portali uni 400 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia