

Chiroyli gollarga boy o'tgan bahsda Turkiya 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Mazkur o'yin xususida Superliga vakili "Qizilqum" safida to'p tepayotgan Elguja Lobjanidze fikrlarini bildirdi.
"Gruziya juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Hisob esa o'yinga mos emas. O'yinda ancha vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olganimiz yo'q. Xvicha Kvaratsxeliyaning shu kuni o'yini chiqmadi. O'ylaymanki, u hali o'zini ko'rsatadi.
Agarda shunday tempda o'yin ko'rsatishda davom etsak imkoniyatlarimizni yomon demagan bo'lardim. Faqat vaziyatlarni golga aylantira olishimiz zarur",- deydi Lobjanidze.

Ma'lumot uchun, gurjistonliklar navbatdagi turni 22 iyun kuni Chexiyaga qarshi o'tkazadi.



