Superliganing eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum bo'ldi
Aslanov Jasurbek
24 dek 2019, 18:57
Ayni damda Toshkentdagi "Zarafshon" zalida O'FA yillik hisobot kongressi bo'lib o'tmoqda.
Ushbu tadbirda Superliganing 2019 mavsumdagi eng yaxshi murabbiyi nomi e'lon qilindi. Ushbu sovrin "Paxtakor" bilan O'zbekiston chempioni, Kubok sohibi va Liga Kubogi g'olibiga aylangan Shota Arveladzega topshirildi.