Superligaga qaytamiz. "Navbahor" XXI asrda Toshkentda "Paxtakor"ni yutmagan

Iskandarov Abdulaziz
16 mar 2023
O'zbekiston yoshlar terma jamoasining g'alabasining shukuhi fonida Superligaga e'tibor qaratamiz. Ertaga turning markaziy uchrashuvi bor.

Mavsumni ikki xil kayfiyatda boshlagan "Paxtakor" va "Navbahor" jamoalari Toshkentda to'qnash keladi. 

Shu o'rinda o'yindan oldingi ayrim faktlarga nazar tashlab o'tishni lozim, deb topdik. Samvel Babayan murabbiylik qilayotgan "lochinlar" Toshkentda so'nggi bor Superliga doirasida 28 yil avval yani 1995 yilgi mavsumda uch ochko qo'lga kiritgan edi. Poytaxtda kechgan bahsda "Navbahor" 2:1 hisobida g'alabani o'ziniki qilgan. Toshkentdagi o'zaro bahslarda maydon egalari 26 g'alabani tantanan qilgan. 5ta bahsda durang qayd etilgan. 68ta gol urgan, darvozasidan 19ta to'p olib chiqqan. 



PAXTAKOR - NAVBAHOR 1:2

06.09.1995. 21-tur. 7000 tomoshabin

Gollar: Abduqahhor Marufaliev 1:0 - Oleg Shackix 1:1, Zafar Musaboev 1:2


Toshkentdagi so'nggi 6 uchrashuv natijalari.

01.04.2022. "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0

15.09.2021.  "Paxtakor" - "Navbahor" 0:0

27.02.2020.  "Paxtakor" - "Navbahor" 2:1

11.05.2019.  "Paxtakor" - "Navbahor"  2:2

01.11.2018.  "Paxtakor" - "Navbahor" 0:0

25.04.2018.  "Paxtakor" - "Navbahor" 1:0



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia