

Serbiyalik mutaxassis 2024 yil dekabrida "Qizilqum" jamoasiga ikkinchi bor bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Ammo jamoadagi bu safargi sarguzashti uzoqqa cho'zilmadi - u Superliganing joriy mavsumida 11 turdan so'ng lavozimini tark etdi. Hozirgi paytda navoiyliklar turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi. Jamoa 11 ochko jamg'argan - 3 ta g'alaba, 2 ta durang va 6 mag'lubiyat.
Qayd etish joiz, o'tgan hafta 4-turdan qoldirilgan uchrashuvda "Qizilqum" o'z maydonida "Xorazm"ga yirik - 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.



