

Bugun Superliga va Pro liga matbuot xizmati xodimlari uchun seminar bo'lib o'tdi. Unda bir qator masalalar, jumladan, matbuot xizmatlariga bo'lgan e'tibor va klublarning OAV uchun yaratishi zarur bo'lgan shart-sharoitlar xususida to'xtalib o'tildi.
Ma'lum qilinishicha, endi safar o'yiniga matbuot xizmati vakilini olib bormagan klub jarima to'laydi. Shuningdek, Termizdagi rekonstrukciya qilinayotgan stadionda media uchun qilinishi lozim bo'lgan ishlar haqida gapirildi.
"Termizda rekonstrukciya qilinayotgan stadionda media tribunaga e'tibor pastroq bo'lgandi. Ammo OAVga sharoit yaxshiroq bo'lishi kerak deyilganidan keyin 24 kishi uchun yaxshi media tribuna quriladigan bo'ldi", – dedi PFL vakili Zohirjon Akramxonov.



