Superliga uchun pley-off o'yinlari sanasi ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 noya 2024
“Superliga va Proliga reglamenti”dan kelib chiqib, mavsum yakunida 3 ta pley-off o'yini o'tkaziladi.

Pley-offning ilk bosqichida Proliganing 3 hamda 4-jamoalari o'z maydonida Superliganing mos ravishda 12 va 13-jamoalarini qabul qiladi. Mazkur bellashuvlar 4 dekabr kuni Proliga klublari maydonida tashkil etiladi.

Ikkinchi bosqichda esa birinchi bosqichda mag'lub bo'lgan klublar o'zaro neytral maydonda Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradi. Mazkur uchrashuv 9 dekabr kuni OKMK maydonida o'tkaziladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz