Superliga. Tur murabbiyi - Viktor Jalilov

Tolibjon Qosimov
17 mar 2021
Coca Cola Superligada 2-tur bellashuvlari o'z nihoyasiga etdi.

Avvalroq 14-16 mart kunlari bo'lib o'tgan ikkinchi tur ramziy terma jamoasini e'lon qilgan edik. Endi esa ketma-ketlikda tur laureatlarini berib boryapmiz.

VIDEO  Superliga. Tur goli - Doniyor Ismoilov

Ortda qolgan 2-turning eng yaxshi murabbiyi deb "Navbahor" ustozi Viktor Jalilov topildi. Birinchi turdagi o'yin va No'mon Hasanovning iste'fosidan keyin jamoa rulini Viktor Jalilov o'z qo'liga oldi. Tajribali murabbiy bir kunda jamoa ichida juda ko'p ish qilgan deb bo'lmaydi, lekin "lochinlar"ning o'yinida yaxshi tomonga o'zgarish katta bo'lgani ko'rindi.

Shu tariqa, "Navbahor" bosh murabbiyi Viktor Jalilov ikkinchi turning eng yaxshi murabbiyi deb topildi.


O'zbekiston chempionati turnir jadvali >>>>> Superliga


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia