Superliga taqvimida o'zgarishlar davom etadi. "Qo'qon-1912" - "Lokomotiv" Toshkentga ko'chdi

Narzulla Saydullayev
29 apr 2019
Ayni vaqtda Qo'qon shahridagi stadionda ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

Shu sababli “Qo'qon-1912” klubi o'zining uy uchrashuvlarini Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida o'tkazib kelyapti.

Qo'qonliklar Superliganing 7-turi doirasida “Lokomotiv”ni qabul qilishi kerak edi. Mazkur bellashuv ikki tomon kelishuviga ko'ra, Toshkentda o'tadigan bo'ldi. “Temiryo'lchilar” ikkinchi davra o'yinini safarda o'tkazadi.

Shu tariqa uchrashuv 2 may kuni “Lokomotiv” stadionida 18:30 da start oladi. Avvalroq “Paxtakor” - “Metallurg” o'yini 1 may kuni bo'lib o'tishi belgilangandi. Mazkur o'zgarishlar Osiyo Chempionlar ligasida O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarga qo'shimcha qulayliklar yaratadi.


7-tur
1 may, chorshanba

18:30 PAXTAKOR - METALLURG

2 may, payshanba
18:30 LOKOMOTIV -QO'QON-1912

4 may, shanba
17:30 NAVBAHOR - SO'G'DIYONA
19:45 BUXORO - NASAF

5 may, yakshanba
17:20 ANDIJON - DINAMO
17:30 AGMK - SURXON
19:45 QIZILQUM - BUNYODKOR


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz