Superliga. "Surxon" mavsumdagi ikkinchi g'alabasini "Bunyodkor" ustidan qo'lga kiritdi

Sherzod Nurmatov
29 may 2022
Superliga 11-turidan o'rin olgan "Surxon" – "Bunyodkor" uchrashuvi nihoyasiga etdi.

Superliga. 11-tur

"Surxon" – "Bunyodkor" 1:0  

29 may. Olmaliq. OKMK sport majmuasi. 19:00

Gol: Zoir Jo'raboev (Kamron Saydazimov) 27'

Bosh hakam: Firdavs Norsafarov

Qanot hakamlari: Elnur Doniyorov, Artyom Kalinin

Zaxiradagi hakam: Sultonmurod Abdurahmonov

Nazoratchi: Bobur Haydarov.

VAR hakami: Akobirxo'ja Shukurullaev

VAR assistenti: Aleksandr Sidorov

VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko

Komissar: Laziz Qo'chqorov

"Surxon": 35.Shohruh Eshbo'taev, 2.Zoir Jo'raboev, 4.Javohir Sohibov (26.Ulug'bek Abdullaev, 69), 5.Serxio Rodriges, 8.Baxtiyorjon Qosimov (s), 10.Murodbek Bobojonov (13.Miroslav Markovich, 77), 19.Nuriddin Hasanov (9.Zohir Pirimov, 83), 23.Abdul Aziz Yusupov (55.Sharafiddin Shobirov, 83), 33.Toxirjon Shamsitdinov, 66.Behruz Shaydulov, 99.Kamron Saydazimov 

Zaxira: 86.Davron Merganov, 7.Islom Toshpo'latov, 24.Farhod Mamatqulov, 60.O'ral Choriev, 64.Samandar Qodirov.

"Bunyodkor": 91.Zafar Safoev, 4.Davron Ergashev (s), 5.Dilshod Jo'raev (21.G'ayrat Azizxo'jaev, 84), 6.Avazbek O'lmasaliev, 8.Fransis Narx, 10.Rasul Yo'ldoshev (19.Bilol Tupliev, 42), 17.Farhod Mirahmatov, 22.Usmonali Ismonaliev (29.Muzaffar Olimjonov, 46), 34.Suhrob Izzatov, 37.Muhammadodil Qahramonov (14.Husayn Ergashboev, 58), 49.Ibrohim Tomiva

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 3.Mahmud Mahamadjonov, 23.Andrey Gulyamov, 28.Jasur Xoldorov, 88.Jahongir O'rozov

MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH


BAHS YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

87. So'nggi daqiqalar ham qizg'in tusda o'tmoqda. "Bunyodkor" yutqazishni xohlamayapti, "Surxon" esa g'alaba qilishni istamoqda. 

84. "Bunyodkor"da o'zgarish: Jo'raev o'rniga Azizxo'jaev tushirildi.

83. "Surxon"da 2 ta o'zgarish: Hasanov o'rniga Pirimov, Yusupov o'rniga Shobirov bahsni davom ettiradi. 

80. Zarbaaa!  Mirahmatovning 16 metrdan yo'llagan zarbasi noaniq ko'rinish kasb etdi. 

77. "Surxon"da o'zgarish: Bobojonov o'rniga Markovich maydonga tushdi.

76. Uuuux! O'lmasalievning yaqin masofadan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

74. Himoyachilar birga-bir vaziyatga chiqib borayotgan Narxni yiqitishdi, biroq vaziyat VARda tekshirildi va uchrashuvni davom ettirish lozimligi tushuntirildi.

73. Uuuuux!  Farhod Mirahmatovning jarima orqali chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza to'sinini qaqshatdi. Eh, qanday zarba! 

69. "Surxon"da almashtirish: Javohir Sohibov o'rniga Ulug'bek Abdullaev maydonga tushirildi. 

66. Bosh hakam futbolchilar suv ichib olishlariga imkoniyat yaratdi. 


63. Zarba!  Husayn Ergashboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi manzilga aniq bormadi. 

58. "Bunyodkor"da almashtirish: Muhammadodil Qahramonov o'rniga Husayn Ergashboev maydonga tushdi. 

57. Zarbaaa! Davron Ergashevning jarimadan yo'llagan zarbasiga sal aniqlik etishmadi. 

50. Zoir Jo'raboev katta sahnaga chiqib, "podkat" orqali to'pni raqibdan olib qo'ydi.

46. "Bunyodkor"da o'zgarish: Usmonali Ismonaliev o'rniga Muzaffar Olimjonov o'yinni davom ettiradi. 

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

Birinchi taym yakunlandi. Hozircha hisob – 1:0. Tanaffus! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi. 

42. "Bunyodkor"da o'zgarish: Rasul Yo'ldoshev o'rniga Bilol Tupliev o'yinni davom ettiradi. 

38. Ismonaliev qulay imkoniyatga ega chiqdi, biroq noaniq zarba yo'lladi.

35. Uuux! Fransis Narx birga-bir holatga chiqib bordi, biroq Eshbo'taev xavfni bataraf qildi. Vaziyat yakunida ofsayd qayd etilgani e'lon qilindi.


27. GOOOOOOOOOOL!  Kamron Saydazimovning burchak zarbasidan amalga oshirgan uzatmasidan so'ng Zoir Jo'raboev bosh bilan darvozani ishg'ol qildi – 1:0! 

26. Abdul Aziz Yusupov Rasul Yo'ldoshev bilan to'qnashuvda qatnashdi.

24. Javohir Sohibov Murod Bobojonovni pas bilan taminladi. Hujumchi darvozaga zarba berdi, ammo to'p noaniq ko'rinish oldi. 

17. Zarbaaa! Baxtiyorjon Qosimovning zarbasidan keyin to'p darvoza tepasidan o'tib ketdi.

14. Muhammadodil Qahramonov maydon markaziga yaqin hududda Abdul Aziz Yusupovni yiqitdi. 

11. Zarba!  Murodbek Bobojonov jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qoldi. 

9. Kamron Saydazimovning burchakdan oshirib bergan to'pini "Bunyodkor" himoyachilari darvoza oldidan uzoqlashtirishdi. 

4. Zarba!  Fransis Narx jarima maydonchasi ichiga osonlikcha yorib kirdi va zarba yo'lladi, ammo to'p yo'liga raqiblar to'g'anoq bo'lishdi.

1. O'yin boshlandi! 



Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia