Superliga. OKMK o'z tarixida ilk marotaba kumush medallarni qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
30 noya 2024, 17:10
Shu paytga qadar olmaliqlarning eng yaxshi natijasi bronza medali hisoblagan.

Olmaliqning OKMK klubi O'zbekiston Superligasining 2024 yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra, 2-o'rinni qo'lga kiritib, kumush medallar sohibiga aylandi.

Mirjalol Qosimov shogirdlari so'nggi turda "Qizilqum"ni mag'lub etib, o'z o'rnini saqlab qoldi.

Toshkent viloyati jamoasining hozirga qadar eng yaxshi natijasi 3-o'rin hisoblanib, klub 2020 va 2021 yilgi mavsumlarda bronza medallariga ega chiqqan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia