Superliga. "Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuvi Yaypanda o'tkaziladi

Tolibjon Qosimov
11 sen 2024
Superligada o'zgarishlar davom etadi.

Avvalroq "Istiqlol" stadionidagi holat masalasiga oydinlik kiritilgandi. Shundan kelib chiqib, "Neftchi" Superliga 19-turi doirasida "Qizilqum"ni Yaypandagi O'zbekiston stadionida qabul qiladigan bo'ldi.

Ayni vaqtda Qo'qon shahridagi stadionni ham rasmiy uchrashuvlar uchun tayyorlash ishlari yakuniga etmoqda. Keyinroq Liga stadionni qayta monitoring qiladi. Oktyabr oyidan boshlab "Qo'qon-1912" va "Neftchi" klublari o'z arenalarida raqiblarini qabul qilishi ko'zda tutilgan.


Superliga. "Paxtakor" - "Dinamo" bahsi sanasi ham o'zgardi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfl.uz