Superliga. "Navbahor" 6 yildan buyon Namanganda "Paxtakor"ni yuta olmayapti. Oxirgi g'alaba Mo'minjonov davrida qo'lga kiritilgan

Iskandarov Abdulaziz
9 noya 2024
Bu jamoalar o'rtasidagi to'qnashuv har qanday holatda ham diqqat markazida bo'ladi.

Ayniqsa oxirgi yillarda principallik yuqori darajaga chiqdi. Ikki jamoa ham bir-biriga munosib. Bugun Namanganda tarixdagi 34-uchrashuv guvohiga aylanamiz. Bu boradagi ustunlik "sherlar" tomonida bo'lib, ular 14 marotaba ortga g'alaba bilan qaytgan. 12 ta bellashuvda maydon egalari g'alabani begona qilmagan. 7 ta bahsda g'olib aniqlanmagan. "Lochinlar" so'nggi bor Superliga doirasida 2018 yilgi mavsumda o'z maydonida Ilhom Mo'minjonov poytaxt klubidan ustun kelgan. Keyingi 6 ta qarama-qarshilikning 3 tasida mehmonlarning g'alabasi qayd etilgan, qolgan 3 tasida durangga imzo chekilgan. 


14.09.2018. "Navbahor" - "Paxtakor" 3:3

15.09.2019.  "Navbahor" - "Paxtakor" 0:1

01.09.2020.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:1

07.04.2021.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

28.08.2022.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:1

10.08.2023.  "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia