Superliga. May oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar

Khoja
8 iyun 2024
Bilasiz, Professional futbol ligasi odatga ko'ra, har oy Superliganing eng yaxshi murabbiy, futbolchisi hamda eng chiroyli gol muallifini aniqlab keladi.

Ortda qolgan may oyida Superligada 5 ta tur bahslari hamda O'zbekiston Superkubogi uchun o'yin bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvlar davomida bir qator futbolchi va murabbiylar o'zlarini ko'rsatishdi.

Superliga. May oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lishga nomzodlar

Dostonbek Hamdamov (Paxtakor) – 6 o'yin, 3 gol, 3 assist

Lyupche Doriev (So'g'diyona) – 5 o'yin, 7 gol

Abduvohid Ne'matov (Nasaf) – 6 o'yin, 3 quruq uchrashuv

Akmal Mozgovoy (Nasaf) – 6 o'yin, 2 gol

Dragan Cheran (Paxtakor) – 6 o'yin, 4 gol, 1 assist

Ali Abdurahmonov (OKMK) – 5 o'yin, 3 gol.

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayonida musobaqalarni bevosita sharhlab borayotgan, tahlil qilayotgan, mutaxassis sifatida kuzatayotgan va albatta biror klubda faoliyat olib bormayotgan neytral shaxslar ishtirok etadi.


KhojaMuallif
Manba: Uzpfl