

G'uzorda mehmon bo'lgan Vadim Abramov shogirdlari 0:2 hisobida ortda borayotib, yakunda 4:2 hisobida g'alaba qozondi. Shu tariqa, "Dinamo" XXI asrda ilk marotaba mehmonda "Mashal"dan ustun keldi. Bunga qadar jamoa oxirgi marotaba raqibini safarda 1996 yilgi mavsumda enggan edi.
Shuningdek, Samarqand klubi 17 yildan so'ng "Mashal" maydonidan ochko bilan qaytishning uddasidan chiqdi (oxirgi marotaba 2008 yil, 1:1).
"Dinamo" navbatdagi turni 11 avgust kuni o'z maydonida "Paxtakor"ga qarshi o'tkazadi.



